Bojalar guruhi – Baxtli bo’lgin (Текст Песни)

SHARE

Bergan taklifnomang olib,
Yoningga shamolday yeldim.
Erta tong ishdan qolib,
To`yingni ko`rgani keldim.
Onam bilan bir chekkada
Xo`rsinib senga qarayman,
G`alati tuyg`ular qalbda,
To`yxonangda men yig`layman.
Erta bahorda yurardik
Orzularga biz cho`milib,
Kuz fasli kelganda, yorim,
To`kildik xazonday bo`lib.
Ko`zlaringni yoshlamagin,
Yuragimni qaltiratib.
Uydan chiqmay yig`lamagin,
Onang ko`z yoshlarin to`kib.
To`yxonada shum yangalar yor-yor aytar,
Karnay-surnay sadolari bag`rim tiladi.
Yolvoraman, Hafizaxon, baxtli bo`lgin,
Axir ota-onang sening baxting tilaydi.
To`ying o`tib, jonim, mening
Ismim sira eslamagin,
Alamlarda yonib-kuyib,
Sira meni sog`inmagin.
Unutolmay qiynalaman,
Lekin sendan voz kechaman.
Qarsak chalib, yor-yor aytib,
Sening baxtingni tilayman.
Erta bahorda yurardik
Orzularga biz cho`milib,
Kuz fasli kelganda, yorim,
To`kildik xazonday bo`lib.
Ko`zlaringni yoshlamagin,
Yuragimni qaltiratib.
Uydan chiqmay yig`lamagin,
Onang ko`z yoshlarin to`kib.
To`yxonada shum yangalar yor-yor aytar,
Karnay-surnay sadolari bag`rim tiladi.
Yolvoraman, Hafizaxon, baxtli bo`lgin,
Axir ota-onang sening baxting tilaydi.